Qalbim uzra dardli shamollar yeldi, Ko'nglimga azoblar bostirib keldi, Bugun armon azobidan yig'lagim keldi, Hayotimni boshidan boshlagim keldi! Sen bevafoga ishondim o'zi ne uchun? Ayanchli holimga dushmanlar kuldi, Senga boshqa to'qnashmas uchun, Hayotimni boshidan boshlagim keldi!
Do'stlarim ishonma desa birma-bir, Baribir bir senga ishongim keldi. Bugun seni unitdim lekin baribir, Hayotimni boshidan boshlagim keldi!
Hayotda chin sevilgan bevafo sensan, Bevafo sevgiga aldangan menman, Bugun afsuslarga to'lib ketganman, Hayotimni boshidan boshlagim keldi!
Bugun seni unitib kulib tursam ham, Sendan kechib o'zgani yori bo'lsam ham, Seni hayotimdan o'chirolsam ham, Hayotimni boshidan boshlagim keldi!
Hayotda boshqa aldanmaslig uchun, Bevafoga aslo ishonmaslig uchun, Haqiqiy sevgiga yetishish uchun, Hayotimni boshidan boshlagim keldi!
Dushmanlarim o’tdi iljayib, Do'stlar esa qoldilar koyib. Jismu jonim qoldi mungayib, Siz o’zgani sizlagan kecha. Yurakkinam yig’lagan kecha. Orzularim bo’ldilar xazon, Yuragimda in qurdi armon. Ox, bunchalar pastladi osmon, Siz o’zgani sizlagan kecha.
Ko'nglim o’ksib yig'lagan kecha. Yulduzlar ham boqdilar hayron, Ko’ngil qasri bo’ldiku vayron, Og’rigandan – og’ridi bu jon, Siz o’zgani sizlagan kecha. Men tun bo’yi yig’lagan kecha. Bulutlarga bo’yim yetmadi, Qattiq ekan, yer ham yutmadi. Hatto ajal bir pas kutmadi. Siz o’zgani sizlagan kecha. Men tongacha yig’lagan kecha
Suratlar qirqildi ikki bo`lakka, Sen u taraf qolding, men bu yon qarab. Oh, yolg`on ekan-ku, singmay yurakka- Ishq u tomon qoldi, ishonch bu taraf! Erkalash ohangi g`azabga do`ndi. Shirin o`ylar esa tig`li xayolga. Notavon peshoba yozmishga ko`ndi, Kelajak aylandi mavhum savolga. Men ketdim, sen qolding, oraliq-cheksiz, Bu hudud eng tiyra tundan-da qaro. Bir vaqtlar ko`ksimni to`ldirgan ul his Bu kun bitmas armon, dog` ko`chmas aro!
Ota-ona biz uchun muqaddas inson Bizlar unutmaylik buni xechqachon Bergaylar bizlarga bir bora izm Qilgaymiz ularga beminnat tazm Ular bizlar uchun muqaddas inson G'am chekmasin ular toki bor jahon Allah asrasin panohida ularni Kechirsin Allahim ularni unutganlarni