Статистика
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
В категории материалов: 12 Показано материалов: 1-10
Страницы: 1 2 »
Сортировать по:
Дате ·
Названию ·
Рейтингу ·
Комментариям ·
Просмотрам
Ko'zlarimdan oqsa marjon-marjon yosh,
Boshim egib qolsam, berolmay bardosh.
O'zga qo'l ko'z yoshim artsa ko'narman,
Lekin, o'shanda ham seni sevaman!
Hayot so'qmoqlari bo'lsada qiyin,
Achchiq alamlarga chidab yashayman,
Suratinga to'ymas ko'zlarim,
Yolg'izim men seni sevib yashayman.
Nolalarim qalbimda uradilar oh,
Tunlarni men bedor kutib yashayman,
Fursatni ortidan fursatni kutib,
Baribir men seni sevib yashayman!
Armonli dunyoda xazil qilaman.
Netay ilojim yo'q sabr qilaman.
Senga sevishimni takror aytaman.
Faqat seni deyman seni sevaman.
Isming yuragimga o'yilgan,
Sug'urib olsalar o'laman,
Men seni shu qadar, shu qadar...
Muxabbat va azob bilan sevaman.
Muhabbat azobi qiynaydi meni.
Yuragim ezilar eslasam seni.
Ey jonim bu darddan halos et meni.
Chin so'zim o'lguncha sevaman seni!
Visolinga yetmasam aslo,
Alamimdan qonlar yutarman.
Faqat umid uzmagin mendan,
Ond ichaman seni sevaman!
Kel, deganda, noz qilmasdan kelsang edi,
Gul berganda, qayrilmasdan olsang edi.
O'zing qandoq yaxshiliging bilasan-u,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!
Ko'nglimning tubida mushkul so'roqlar Jonimni qiynaydi ardoqsiz ohlar Sevginnga umidvor ne-ne gumonlar SIZ kimsiz, do'stimmi yoki SEVGANIM???
Yulduzlardan sog'inchim bisyor, Dardim kuyga sololmaydi tor. Senga bitta iltimos bor, Sezdirmasdan, bir kelib-ketgin. Alamlarni bag'ringa bosib, Hu ko'klarga g'ururni osib. Tuproq bo'lgan qadrni bosib, Egilmasdan, bir kelib-ketgin. Yaqin qilib yiroqlarimni, Intiq qilmay nigohlarimni. Kechirilmas gunohlarimni, Kechirmasdan, bir kelib-ketgin. OLLOH yo'ling qilsin behatar, Armon sendan qolsin bexabar. O'tinaman-o'tinaman hech yo'q shu safar, Kechikmasdan, bir kelib-ketgin. Ostonamdan o'chgandi izing, O'chgan eding tilaklarimdan. Va men seni yuraklarimdan, O'chirmasdan, bir kelib-ketgin. Holim etmas boshqa hijronga, Sen yaxshisan-rahm et yomonga. Men ham borsa kelmas tomonga, Ketmasimdan, bir kelib-ketgin.
Gar ko'nglimni qo'lingga tutsam, Qalb uyingga joylolasanmi. Chin sevgimni senga atasam, Sen vafodor bo'lolasanmi. Shuncha vaqtlar bo'lding bevafo, Endi vafo qilolasanmi. Zor qalbimga qilganding jafo, Endi mexr berolasanmi. Mexr ila yuzingga boqsam, Bir jilmayib qo'yolasanmi. Gar o'zgalar senga qosh qoqsa, Sevganim bor deyolasanmi. Gar quvonchdan to'kilsa yoshim, Sen men uchun kulolasanmi. Yo g'amimdan egilsa boshim, Dardosh bo'lib yig'lolasanmi. Hayot yo'lim chigalga to'lsa, To'g'ri yo'lga boshlolasanmi. Bu hayotda egilib qolsam, Suyanganim bo'lolasanmi. Azoblardan ko'zim yoshlansa, Kelib yoshim artolasanmi. Hafa bo'lma men bormanku deb, Dilga dalda berolasanmi. O'zgalardan seni qizg'onsam, Bundan quvnab kulolasanmi. Aytgin kimni sevasan desam, Faqat seni deyolasanmi.
Реклама Yordam tariqasida quyidagi reklamalardan biriga bosing.